U 42,73 foiz ovoz to'pladi va o'zining asosiy raqibi, mag'lubiyatini allaqachon tan olgan Efrain Alegredan ancha o'zib ketdi.

Kartes moliya vaziri bo'lgan, shuningdek, faoliyati davomida Paragvay Markaziy banki va Xalqaro valyuta jamg'armasida faoliyat yuritgan.

Uning saylovoldi dasturidan iste'mol savati, yonilg'i va gaz narxini pasaytirish, 500 mingta yangi ish o'rni yaratish, bepul bolalar bog'chalari tashkil etish, fuqarolarni uy-joy bilan ta'minlash bilan bog'liq vazifalar o'rin olgan.

Penya 15 avgust kuni lavozimini egallaydi. Amaldagi Prezident Mario Abdo Benites hokimiyatni topshirish jarayoni shaffof bo'lishini allaqachon va'da qilgan, deb xabar beradi ria.ru.