Eʼtiborlisi, qitʼa chempionatida ilk bora ishtirok etayotgan Oʼzbekiston terma jamoasining barcha – 10 nafar aʼzosi oʼz klasslarida gʼolib va sovrindorlar safidan joy oldi.
Jumaladan: Аzizaxon Qosimova (C4), Аvazxon Polvonov (C3), Gʼolibbek Mirzayorov (C2), Аziz Аtaxodjaev (T1), Bahodir Odinaev (T2), Odina Hamdamova (T2) klasslarida oltin medalga ega chiqqan boʼlsa, Аbror Аrtiqov (C2), Аzimbek Аbdullaev (C5), Saidjabbor Dadaxonov (T1) kumush, shuningdek, Bunyod Hayitmahammadov (C2) bronza medali sohibi boʼldi.
Osiyo chempionatida qitьamizning 10 ga yaqin mamlakatidan paravelosportchilar ishtirok etishdi.
Terma jamoamiz jami 6-oltin, 3-kumush , 1-bronza medalini qoʼlga kiritgan holda umumjamoa hisobida qitʼada birinchi boʼldi.
Vakillarimiz Toshkent xalqaro aeroportida Oʼzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri oʼrinbosari Sh.Mahmudov, Oʼzbekiston Milliy paralimpiya qoʼmitasi rahbariyati, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan munosib kutib olindi.