12-noyabr kuni Parijning Sharl de Goll aeroportida 18 yil yashagan eronlik qochqin  aeroportda vafot etdi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sharl de Goll aeroportida 18 yil yashagan Mehran Karimi Nasseriy yurak xurujidan vafot etgan.

1945-yilda tugʻilgan deb taxmin qilingan Karimi Nasseriy 1988-2006-yillarda Sharl de Goll aeroportining I terminalida yashagan. Aeroport vakilining soʻzlariga koʻra, u soʻnggi haftalarda yana aeroportda yashagan.

Uning hikoyasi amerikalik kinorejissor Stiven Spilbergni “Terminal” filmini yaratishga ilhomlantirgan. Unda bosh rolni Tom Xenks ijro etgan.