23 Apr 2025
22:18

    Parij sammiti: 20 dan ortiq davlat Kiyevni qo'llab-quvvatlashda davom etadi

    Aksariyat Yevropa davlatlari va Kanada AQSh siyosatidagi o'zgarishlar fonida Ukrainani qo'llab-quvvatlashda davom etadi, dedi Frantsiya Prezidenti Makron.

    Germaniya bu anjumanda qatnashmadi.

    AQShning Kiyevga nisbatan siyosati o'zgargani fonida Yevropaning 20 ta davlati va Kanada qariyb uch yildan beri Rossiya harbiy agressiyasini qaytarayotgan Ukrainaga yordam berishda davom etishini ma'lum qildi. “Biz Ukrainani qo'llab-quvvatlaymiz va Yevropada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha barcha majburiyatlarimizni bajaramiz”, dedi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 19-fevral, chorshanba kuni Parijda videoaloqa tarzida o'tkazilgan, Litva, Finlyandiya, Kipr, Belgiya, Bolgariya, Kanada, Xorvatiya, Estoniya, Gretsiya, Irlandiya, Islandiya, Latviya, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya, Sloveniya va Chexiya davlat va hukumatlari rahbarlari ishtirok etgan norasmiy sammit yakunlari bo'yicha fikr bildirib. Bundan tashqari, Makron bilan birga uchrashuvda Ruminiya Prezidenti vazifasini bajaruvchi Ilie Bolojan va Lyuksemburg Bosh vaziri Lyuk Friden ham shaxsan ishtirok etdi, deb xabar beradi dw.com.

    Emmanuel Makron Ukraina tinchlikka erishish yo'lidagi sa'y-harakatlarda doimo ishtirok etishi va uning huquqlari hurmat qilinishi kerakligini ta'kidladi. Bundan tashqari, uning so'zlariga ko'ra, Yevropa davlatlarining xavfsizlik bilan bog'liq muammolarini ham hisobga olish zarur. Tinchlik barqaror bo'lishi va ishonchli kafolatlar asosida bo'lishi kerak, dedi Fransiya Prezidenti.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech