Parij vokzali diversiya tufayli ishlamay qoldi

    Poyezdlar qatnovi Ver-syur-Marn kommunasi hududida kabel shikastlanishi sababli toʻxtatildi.

    Bu haqda Euronews maʼlum qildi.

    Voqea dastlab baxtsiz hodisa sifatida baholangan. Biroq keyinroq yongʻin qasddan sodir etilgani aniqlangan.

    “SNCFning ishchi brigadalari sharqiy jarlikda 48 ta yonib ketgan kabelni topdi. Bu qasddan qilingan vandalizm harakatidir. Biz bu haqda shikoyat qildik», — dedi SNCF vakili Ann- Mari Palmye.

    Seshanba kuni TGV tezyurar poyezdlari, TER shaharlararo elektrichkalari va Transilien mintaqalararo poyezdlari ishlamadi. Hodisa Fransiyaning sharqiy qismiga, shuningdek, Shveysariya, Germaniya, Avstriya va Lyuksemburgga sayohat qilishni rejalashtirgan koʻplab yoʻlovchilarning rejalarini buzdi.