2024-yil 26-iyuldan 11-avgustgacha bo'lgan Olimpiya o'yinlari hamda 28-avgustdan 8-sentyabrgacha bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlari davomida jami 45 000 nafar volontyor tarixiy lahzalarni o'z ko'zlari bilan ko'rish va o'yinlarni ichkaridan his qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ushbu 45 000 nafar volontyor Fransiyaning turli joylarida Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining barcha rasmiy maydonlarida joylashgan bo'lib, tadbirni o'tkazishning barcha sohalarida muhim rol` o'ynaydi. Jumladan: tomoshabinlar va akkreditatsiyadan o'tgan shaxslarni kutib olish va ularga yo'l ko'rsatish, sport delegatsiyalariga yordam berish, hamrohlik qilish, sportchilarni musobaqalar o'tkaziladigan joylarga va matbuot anjumanlariga olib borish, akkreditatsiyadan o'tgan shaxslarni tashish, vaqtni hisobga olish faoliyatini qo'llab-quvvatlash, jihozlarni taqsimlashda ishtirok etish va tibbiy yordam ko'rsatish va boshqalar.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 22-mart kuni volontyorlar uchun ariza topshirish ochildi va 2023-yil 3-may kuni yopiladi. Ushbu dastur butun dunyo bo'ylab ochiq va xohlovchilar unda o'z arizalarini qoldirishlari mumkin.