Parijda 300 dan ortiq boshpanasiz odamlar norozilik namoyishi o'tkazdi

    Fransiya rasmiylari Olimpiya o'yinlari oldidan uysiz odamlarni Parijdan chiqarib yuborishga urinishmoqda.

    Oqibatda 300 dan ortiq uysizlar 18-okrug meriyasi yaqinida o'zlariga uy-joy berish talabi bilan norozilik namoyishi uyushtirishdi.

    Bu haqda Utopia 56 gumanitar assotsiatsiyasi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, birinchi norozilik ishtirokchilari seshanba kuni tuman hokimligiga keldi. Namoyishchilarning aksariyati tunni ko'chada piyodalar yo'lakchasida o'tkazdi. “Fransiya tashrif buyuruvchilarni kutib olishga tayyorlanar ekan, bu oilalar ko'chalarda jon saqlamoqda”, deyiladi assotsiatsiya bayonotida.

    Rasmiylar 40 nafar ayol va bola uchun vaqtinchalik uy-joy taklif qilgani aytiladi, biroq namoyishchilar va assotsiatsiya vakillari erkaklar uchun ham uy-joy topib berishni talab qilib, taklifni rad etishdi, deb xabar beradi tass.ru.