Parijga O'zbekistondan qancha muxlis olib ketilgani ma'lum bo'ldi

    Sport 23 Iyul 2024 297

    O'zbekistonlik sportchilarni Parij-2024 Olimpiadasida munosib qo'llab-quvvatlash uchun 23 iyul kuni sportchilar, rasmiylar, OAV vakillari va muxlislardan iborat katta delegatsiya Frantsiyaga jo'nab ketdi.

    Parij-2024 Olimpiadasida O'zbekistondan tashkiliy tarzda 450 nafar muxlis Frantsiyaga olib ketildi. «Andijon» klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, shundan 200 nafari Superliga birinchi davrasida juda faol bo'lgan aynan ushbu klub ishqibozlaridir.

    Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya jamoasi ertaga, 24 iyul kuni 1-turda Ispaniyaga qarshi saf tortadi. Uchrashuv soat 18:00da Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tadi.

    Ma'lumot uchun, Olimpiada bahslari 24 iyuldan 11 avgustga qadar davom etadi.