Parkent tumanidan 20 sotix yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

    Toshkent viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorlikda noqonuniy yer oldi-sotdisi boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazdi.

    Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro У.М. fuqaro Н.Х.нинг ishonchiga kirib, unga «Navbahor» qoʻrgʻoni hududidan 20 sotix yer maydonini tanishlari yordamida 40 000 AQSH dollari evaziga hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini vaʼda qilib, shundan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.