Mazkur yoʻl uchun “Gulbogʻ” massivi hududidan viloyat hokimi qaroriga koʻra, 9, 18 gektar yer maydoni ajratildi.
Dastlabki, qiymati 25 milliard boʻlgan ushbu loyiha, Parkent tumanining turistik infratuzilmasini takomillashtirish orqali hududga investitsiyalarni jalb qilish, turizm salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek aholi turmush darajasini oshirish hamda ushbu xududda yuzaga kelayotgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda 4 ta obyektda asos qurish ishlari bajarilmoqda. Yoʻl yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi reja qilingan.