Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu vosita tarkibida tikanakli kavar (Capparis spinosa L.) kurtaklari va pishmagan mevalaridan olingan ekstrakt mavjud boʻlib, uning asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:
— Polisaxaridlar (30–35%)
— Flavonoidlar (5–10%)
— Suvda eruvchan oqsillar (20–25%)
Vosita Parkinson kasalligining oldini olish va davolashda qoʻllaniladi hamda kam nojoʻya taʼsirga ega.
Parkinson kasalligi — markaziy asab tizimining surunkali xastaligi boʻlib, titroq, qotib qolish, harakat cheklanishi kabi belgilar bilan kechadi.
Har qanday yangi, sanoatda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan texnik yechim ixtiro sifatida huquqiy muhofazaga ega boʻladi, deyiladi xabarda.









