Parlament aʼzolari ishini forumning yalpi majlislari doirasida davom ettirdi

    Xalqaro hamkorlik 13 May 2022 1480

    Ashxobodda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi parlamentlararo forumi tantanali majlisi yakunlandi.

    Majlisda ishtirokchi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari soʻzga chiqdi. Turkmaniston Xalq Maslahati Milliy Gengeshi raisi oʻz soʻzida tantanali majlis yakunlarini sarhisob qildi.

    Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasining birinchi parlamentlararo forumi doirasida taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi.

    Kunning ikkinchi yarmida Forum ishi yalpi majlislar doirasida davom etdi.

    Parlament aʼzolari qonun chiqaruvchi organ faoliyati va hamkorligi, tibbiy diplomatiya hamda barqaror rivojlanish va ekologik farovonlik yoʻlidagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

    Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasining Turkmanistonga tashrifi davom etadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.