Fuqarolik jamiyati institutlari davlatning ijtimoiy sherigi sifatida aholini keng qatlamlarining ijtimoiy va iqtisodiy faolligini qoʻllab-quvvatlashga, islohotlar samaradorligini taʼminlashga, demokratik oʻzgarishlar jarayoniga yanada keng jalb qilish muhim ahamiyatga ega.

Ayniqsa, aholining keng qatlamlarini moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish hamda dolzarb muammolarni samarali bartaraf etishda NNT va fuqarolik jamiyatining munosib oʻrni bor.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va fond mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2022-yilda amalga oshirgan ishlari hisoboti koʻrib chiqildi.

2022-yilda NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining dastur hamda loyihalarini 97 milliard 755 million soʻm miqdorida davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalari va subsidiyalari shaklida qoʻllab-quvvatlash amalga oshirildi.

Tasdiqlangan dasturlar hamda aniq natijaga yoʻnaltirilgan byudjet tamoyili asosida quyidagi ishlar bajarildi. Xususan:

Davlat grantlari shaklida qoʻllab-quvvatlash dasturi ijrosi

Davlat grantlarining 5 ta tanlovi maʼnaviy-maʼrifiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhit nisbatan ogʻir boʻlgan mahallalarga NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini jalb qilgan holda muhim ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etish uchun tanlovlar oʻtkazildi. Tanlovlarga NNT va fuqarolik jamiyati boshqlar instiutlari tomonidan 1 224 loyihalar taqdim etildi. Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq 160 ta loyiha 12 milliard soʻmga moliyalashtirildi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi dasturining ijrosi

Davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida taʼlim, madaniyat, tibbiyot, ekologiya, qurilish, kommunal xoʻjaligi va bandlik kabi sohalarda davlat organlarining 17 ta ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari va dasturlari uchun ajratilgan 14 milliard soʻm mablagʻlarni nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida tanlov asosida joylashtirish maqsadida Parlament komissiyasining tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlari eʼlon qilindi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi 17 ta loyihasi 14 milliard soʻmga moliyalashtirildi.

Loyihalar boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

- Xorazm va Jizzax viloyatining 20 ta uzoq mahallasida 900 nafar xotin-qizlarning kasbiy koʻnikmasi oshiriladi va bandligi taʼminlanadi;

-“Biz birgamiz” shiori ostida nogironligi boʻlgan 3859 nafar shaxslarning hunarmandchilik mahsulotlarini sotishi uchun shart-sharoit yaratiladi;

- Xorazm viloyatining 12 ta mahallasida “vorkaut” maydonchalari va “Salomatlik maktabi” tashkil etilmoqda;

- Nukus, Termiz, Guliston va Buxoro shaharlaridagi 8 ta MFYlarida chiqindilarni toʻplash va saralash joylari tashkil etilmoqda;

- Jizzax viloyatining Zomin tumani “Beshkubi” mahallasida yashovchi 6 612 nafar aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash ishlari olib borilmoqda.

Davlat subsidiyasi shaklida moliyalashtirish dasturi ijrosi

2022-yilda 36 ta yirik jamoat tashkilotining, shu jumladan, 14 ta milliy madaniy markazning ustav faoliyati va yillik ish rejasi ijrosiga 71 milliard 755 million soʻm yoʻnaltirildi.

Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan NNT va fuqarolik jamiyati institutlari yordam koʻrsatish maqsadida joylarda 30 marotaba “mahorat darslari” oʻtkazildi.

Fuqarolik jamiyati institutlariga, “Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari”ga, mahalliy jamoat fondlariga “ZOOM” platformasi orqali 26 marotaba uslubiy yordamlar va seminarlar oʻtkazildi.

Parlament komissiyasi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Toshkent shahrining 31 ta mahallasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etishga koʻmaklashish borasida tizimli ishlar olib bordi.

Yigʻilishda 2023-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol ishtirokini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning dolzarb vazifalari muhokama qilindi.

Shuningdek, NNTlarni davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikdagi hamkorligini chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati oʻrganish, xududiy dasturlarni ijrosiga alohida eʼtibor qaratish, NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy muammolarni davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar shaklida hal etishga koʻmaklashish, amalga oshirilayotgan ishlarni OAVlarida keng yoritish kabi vazifalar kiritilgan.

Parlament komissiyasi tomonidan 2022-yilda davlat subsidiyasi shaklida qoʻllab-quvvatlangan dasturlarni amalga oshirilganligi boʻyicha monitoring oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Parlament komissiyasi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqdi va tegishli qarorlarni qabul qildi.

Oliy Majlis huzuridagi

jamoat fondi ijro devoni