Deputatlar, Senat aʼzolari hamda xodimlari oʻzaro bellashadi

    Oliy Majlis Senati Kengashining 2020-yil 30-dekabrdagi “Parlament oʻyinlari sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

    Bundan koʻzlangan maqsad – deputatlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishlarini taʼminlash va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishdan iborat.

    Unda deputatlar, Oliy Majlis Senati aʼzolari hamda xodimlari “Oliy Majlis Senati Raisi kubogi” uchun bahslashadilar.

    Musobaqa 3 bosqichda tashkil etilib, unda erkaklar mini-futbol va voleybol boʻyicha, ayollar esa badminton boʻyicha oʻzaro musobaqalashadi. Musobaqa dasturidan oʻrin olgan stol tennisi bahslarida erkak va ayollar ishtirok etadi.

    Musobaqaning hududiy bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi. Gʻolib va sovrindorlar Oliy Majlis Senati Raisining kubogi, medal, diplom, shuningdek Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda homiy tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishadi.

    Senat tomonidan ushbu musobaqalarning hududiy bosqichlarini oʻtkazish grafigi ishlab chiqilgan. Quyida musobaqa jadvali bilan tanishishingiz mumkin.