Parlament yuqori palatasi vakillari Qozogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi

    Xalqaro hamkorlik 22 Aprel 2022 1232

    Senat Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati bilan hamkorlik boʻyicha komissiyasining ikkinchi majlisida ishtirok etish maqsadida Qozogʻiston Respublikasiga yetib bordi.

    Tashrifning birinchi kuni delegatsiya vakillari Orolni koʻzdan kechirib, Koʻkorol toʻgʻoni holati va “Aral SeeFood” baliqni qayta ishlash zavodi faoliyati bilan tanishdi.

    Maʼlumot oʻrnida, 2022-yilning 22-aprel kuni S.Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati bilan hamkorlik boʻyicha komissiyasining ikkinchi majlisida ishtirok etadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.