Bu jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingan 2025-yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Loyihada xorijiy davlatlar parlamentlari tajribasini oʻrgangan holda, parlamentda muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Bunda muxolifatning kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish hamda muxolifat vakillari 1 nafar qoʻmita raisi va 2 nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlarini kafolatli egallash belgilangan.
Shuningdek, har chorakda “hukumat soati” va parlament soʻrovi doirasida muxolifat tomonidan kamida bittadan masala kiritish kabi qoʻshimcha huquqlar berish nazarda tutiladi.