Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi

    Xalqaro hamkorlik 9 Noyabr 2022 1276

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari A. Qodirov Ozarbayjon Respublikasi Milli Majlisining deputatlari R. Hasan, M. Jafarov hamda Ozarbayjondagi Turk oqsoqollari ittifoqi vakillari bilan uchrashdi.

    Muloqot avvalida delegatsiya aʼzolariga mamlakat hayotining barcha jabhasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi oʻzgarishlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, qonun ijodkorligi, qoʻmita va fraksiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida soʻzlab berildi.

    Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo muloqotni yanada taraqqiy ettirishdan manfaatdor ekanliklari qayd etildi. Xususan, parlament faoliyati sohasida tajriba almashish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, turizm, madaniy-gumanitar kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, aloqalarni chuqurlashtirish yuzasidan fikrlar almashildi.

    Oʻzaro ishonch ruhida oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-Ozarbayjon oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

    Uchrashuv doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi.