Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Eron davlatlarining savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish borasida qonunchilik organlarining ahamiyatini yuksaltirish boʻyicha ham fikr almashildi.
Suhbat yakunida parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirishga kelishib olindi. Bu borada mintaqaviy va xalqaro parlamentlararo tashkilotlar, jumladan, Osiyo parlament assambleyasi imkoniyatlaridan ham keng foydalanish nazarda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.