Uchrashuvda Ozarbayjon tomoniga Oʻzbekistonda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhitning amaliy jihatlari, tadbirkorlar uchun investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ochayotgan qator imtiyoz va preferensiyalar taqdim etildi.
Ozarbayjon tomoni bildirgan qiziqishi va vazirlikning biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrishga tayyorligi qator sarmoyaviy tashabbuslar boʻyicha mazmunli muloqot uchun zamin yaratdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar va Oʻzbekiston hamda Ozarbayjon hududida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq qilish maqsadida yaqindan hamkorlik qilish mexanizmlarini ishlab chiqdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.