Past Dargʻomda 2021-yilda yirik loyihalar amalga oshiriladi

    Biznes 8 Yanvar 2021 1141

    Samarqand viloyati Past Dargʻom tumanida yangi yirik loyihalar ishga tushishi davom etyapti.

    Investitsiya dasturi asosida tumanda “Fortuna Urgut medical” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

    Joriy yilning iyul oyida ishga tushadigan ushbu loyiha doirasida 11,2 million shartli belgidagi dori vositalari va kapsulalar tayyorlanadi. Bu yerda 40 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

    Shuningdek, dasturdan yuk mashinasi va avtobuslar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarish loyihasi ham oʻrin olgan. “Esmak automotive” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan 1 million dollarlik loyiha yil oxirigacha ishga tushadi, deb xabar beradi Past Dargʻom tumani hokimligi matbuot xizmati.