Bu haqda Parij prokuraturasi xabar berdi.
U, jumladan, besh million yevro miqdorida garov to'lash, haftasiga ikki marta politsiya bo'limiga kelish va Fransiya hududini tark etishni taqiqlash majburiyati bilan sud nazoratiga olindi, deyiladi Parij prokuraturasi xabarida.
Pavel Durov Fransiyada oltita huquqbuzarlik va jinoyatlarda ayblanmoqda. Xususan, tadbirkor noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish uchun onlayn platformani boshqarishda sheriklikda, vakolatli organlarning talabiga binoan ma'lumotlar yoki hujjatlarni taqdim etishni rad etishda, uyushgan jinoiy guruh tarkibida jinoyatlarni yashirishda, bolalar pornosini tarqatishda, giyohvand moddalar savdosi va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.
28-avgust kuni Pavel Durov hibsga olinganidan to'rt kun o'tib hibsdan ozod qilindi va sudga olib borildi. Tergovchilarga ko'ra, u messenjerdagi noqonuniy harakatlarga sherik – ular buni Telegramning moderatsiya siyosati bilan bog'lashmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.