“Men shaxsan Pavel Durovni yangi raqamli texnologiyalar davrining etakchisi deb bilaman, menimcha, Durov Nobel mukofotiga loyiq.
Shuning uchun men Nobel qo'mitasiga Pavel Durovga Nobel mukofoti berish bo'yicha rasmiy taklif yubordim”, deyiladi rektorning Telegram-kanalida e'lon qilgan xabarida.
Klimenkoning so'zlariga ko'ra, bu tashabbus allaqachon Osiyo va Afrika davlatlarining qator universitetlari va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo'llab-quvvatlangan.
“Shuningdek, Dubay BRIKS investitsiya forumi tashkiliy qo'mitasi raisi sifatida men Pavelni ushbu forumning faxriy mehmoni va ma'ruzachisi bo'lishga taklif qildim va agar fransuz hukumati Durovni qamoqdan ozod qilmasa, Pavelga Dubay BRIKS forumida masofadan turib qatnashish imkoniyati beriladi”, dedi rektor.
Pavel Durov 24-avgust kuni Parijdagi Le-Burje aeroportida qo'lga olingan edi. Mahalliy matbuot xabarlariga ko'ra, Fransiya fuqaroligiga ham ega bo'lgan tadbirkor mamlakatda qidiruvga berilganlar ro'yxatida bo'lgan. U bir qator jinoyatlarga aloqador deb hisoblanishi mumkin, jumladan Telegram mamlakat rasmiylari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun. Messenjer asoschisi, jumladan, terrorizm, narkotik moddalar savdosi, firibgarlik, “pul yuvish”da ayblanishi mumkin. OAV xabarlariga ko'ra, Durov 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, deb xabar beradi ria.ru.