Pavel Durov Telegramni videoplatformaga aylantirishga qaror qildi

    “Telegram” videoplatforma bo'lish yo'lida “birinchi qadamni tashladi”.

    Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov o'zining Telegram-kanalida yozdi.

    Tadbirkorning so'zlariga ko'ra, shu paytgacha Telegramdagi turli chat va kanallardagi videolar qanday formatda e'lon qilingan bo'lsa, o'sha formatda namoyish etilgan. Shu sababli, foydalanuvchilar telefonlariga gigabaytlik ma'lumotlarni yuklab olishga va videolar to'liq yuklanishini kutishga majbur bo'lishadi. Biroq, hatto qisqa yozuvlarni ko'rishda ham muammolar paydo bo'ldi.

    “Bugungi yangilanish bilan Telegram serverlari mashhur videolarni bir nechta sifat variantlariga siqib chiqaradi va ularni uzatish uchun optimallashtiradi”, dedi Pavel Durov.

    Tadbirkorning aniqlik kiritishicha, ushbu yangilik tufayli messenjer muayyan videoni qaysi sifatda qo'yilishni avtomatik ravishda tanlay boshlaydi. Bu jarayonda har bir foydalanuvchining qurilmasidagi internetga ulanish tezligi asosiy rol o'ynaydi, deb xabar beradi oxu.az.