Pavlovniya plantasiyasi bo'yicha istiqbolli loyiha amalga oshiriladi

    Fanlar akademiyasi Navoiy bo'limi “Kimyo texnologiyasi, nanotexnologiyalar va qishloq xo'jaligi” tarkibiy bo'limi hamda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Sag Agro” mas'uliyati cheklangan jamiyatining in-vitro laboratoriyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Navoiy bo'limi olimlari va “Sag Agro” MCHJ laboratoriyasi xodimlari o'zaro bilim va tajriba almashish, shuningdek, qo'shma loyihalarni, jumladan, xalqaro loyihalarni amalga oshirishda bir-biriga ko'maklashish borasida so'z yuritishdi. Laboratoriya tomonidan ilmiy loyihalarni olib borishda tajribalar o'tkazish uchun sharoit yaratib berish, bo'lim tomonidan esa ushbu loyihalarni ilmiy qo'llab-quvvatlash vazifalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

    Bo'lim qoshida tashkil etilgan “Qizilqum” ilmiy-tadqiqot tajriba stantsiyasi” davlat unitar korxonasi balansidagi Nurota tumanida joylashgan lalmi erlarida pavlovniya plantatsiyasini tashkil etish loyihasi istiqbolli hisoblanadi. “Sag Agro” MCHJning in-vitro laboratoriyasi bilan memorandum imzolanishi ushbu loyihani amalga oshirishni bir qadamga yaqinlashtiradi.