Ya'ni paxta xomashyosining bahosi bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq, har bir hududdagi erning holati, paxta etishtirishga yo'naltirilgan sarf-xarajatlar, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib, bevosita oluvchi va sotuvchi tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida belgilanadi.
Prezidentimizning 2023 yil 26 yanvardagi “Paxta xomashyosi etishtiruvchilar faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan, fermerlarga etishtirgan paxta hosilini xaridor bilan o'zaro kelishilgan narxda sotish erkinligi berildi. Paxta etishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug'orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizgacha qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi.
Aytish joizki, etishtirish xarajatlarini kamaytirish maqsadida klasterlar tomonidan urug'lik, mineral o'g'itlar, yonilg'i-moylash materiallari va o'simliklarni himoya qilish vositalari fermer xo'jaliklariga ustama qo'llamasdan, o'tgan yilga nisbatan 15-20 foiz past narxlarda etkazib berildi.
Shu bilan birga, joriy yilda paxta-to'qimachilik klasterlari va fermer xo'jaliklari tomonidan 5 mingdan ortiq yuqori unumli qishloq xo'jaligi texnikalari va agregatlari xarid qilinishi natijasida 48 foiz maydonda chigit yuqori unumli zamonaviy pnevmatik seyalkalarda ekildi. Natijada 5 ming tonna urug'lik chigit (24 mlrd. so'mdan ortiq) va 5 ming tonna dizel` yonilg'isi (qariyb 50 mlrd. so'm) tejaldi.
Tomchilatib sug'orish texnologiyasi joriy etilgan paxta maydonlar qariyb 300 ming gektarga etkazilishi tufayli esa g'o'zani sug'orish ishlarida 1,5 milliard kub metrga yaqin suv resurslari, 50 ming tonnadan ortiq mineral o'g'it (qariyb 200 milliard so'm) va 10 ming tonnaga yaqin yonilg'i-moylash materiallari (90 milliard so'mdan ortiq) iqtisod qilingani paxta etishtirish xarajatlarini kamaytirishga olib keldi.
Eslatib o'tamiz, Prezidentning 2020 yil 6 martdagi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan paxtaxom ashyosining xarid narxini davlat tomonidan belgilash amaliyotidan voz kechilgan.