Qarorga ko'ra:

  • 2023 yil hosilidan paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi to'liq elektron tarozi orqali qabul qilinadi; 
  • QQSni paxta xomashyosi bo'yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha to'lash va hisobga olishga ruxsat etiladi;
  • 2026 yil 1 aprelgacha paxta-to'qimachilik klasterlari va qishloq xo'jaligi korxonalari (fermer xo'jaliklari) o'rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

- paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar o'z muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS to'lovchisi hisoblangan qishloq xo'jaligi korxonalari (fermer xo'jaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lash huquqi beriladi; 

- paxta-to'qimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada ko'rsatilgan QQS summasini qishlok xo'jaligi korxonalari (fermer xujaliklari) tomonidan QQS byudjetga to'lab berilganidan so'ng hisobga olishga ruxsat etiladi.

QQSni bo'lib-bo'lib to'lash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi.

2023-yil 5 sentabrgacha hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yig'ib olish bilan bog'liq ma'lumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilib, 2023 yil 15 sentabrdan “Agroplatforma” axborot tizimiga integrasiya qilinadi.