Unga koʻra:
qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda - 1 000 soʻmdan, ikkinchi terimda - 1 400 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlanadi;
paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 920 000 soʻmdan kam boʻlmagan xizmat haqi toʻlash;
paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga yuqorida tavsiya etilayotgan narxlardan kam boʻlmagan holda mustaqil narx belgilash huquqi berildi;
paxta xomashyosi uchun mehnat va xizmat haqi har besh kunda, zarurat boʻlganda, har kuni toʻlash tavsiya etildi;
ishsiz hamda vaqtinchalik band boʻlmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari bilan mavsumiy ishga qabul qilish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuziladi hamda terim otryadlari rahbarlariga paxta xomashyosi yigʻim-terimi yakuniga qadar 2 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlanadi. Shuningdek, ushbu xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga paxta xomashyosini terib olish uchun yillik 16 foiz stavkada (shundan 1 foiz bank marjasi) kredit ajratish maqsadida uch oy muddatda qaytarish sharti bilan “Agrobank” ATB depozitiga 1,3 trillion soʻmgacha mablagʻlar joylashtiriladi;
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida paxta yigʻim- terim mavsumida jalb qilinadigan paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yigʻib-terib olish xizmat bahosining 30 foizi Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriladi;
paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalar hamda fermer xoʻjaliklari tomonidan xorijdan olib kelinadigan yuqori unumli paxta terish texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2021-yil 1-sentyabrgacha bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini 270 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi;
Quyidagi tumanlarda qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga davlat byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 200 soʻmdan ustama haq toʻlanadi:
- Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlari;
- Qoraqalpogʻistonning Qonlikoʻl, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Shumanay, Chimboy va Nukus tumanlari;
- Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlari;
- Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlari.
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari taʼlim, sogʻliqni saqlash tashkilotlari va boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini hamda taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalarini paxta xomashyosi yigʻim- terimiga jalb qilish holatlarining oldini olish va bunga chek qoʻyish yuzasidan shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyildi.









