Paxtachi tumanida tarkibida oltin boʻlgan rudani talon-toroj qilinishi boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi

    Xavfsizlik 21 Iyul 2021 1106

    “Qoraqoʻton” kon boshqarmasiga qarashli va hokimiyat tasarrufida boʻlgan yer osti va yer usti shaxtalaridan noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarini talon-toroj qilinishini oldini olish maqsadida, 2021-yil 17-iyul kuni Paxtachi tumani “Qirguli” mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Tezkor-tadbir davomida bir guruh fuqarolarning yashash manzillari koʻzdan kechirilganda, tumanining “Qirguli” mahallasida yashovchi R.Yoqubning yashash xonadonidan tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan, taxminiy ogʻirligi 2000 kg., Q.Normamatning yashash xonadonidan taxminiy ogʻirligi 2500 kg., B.Dostonning yashash xonadonidan 300 kg., Q.Mamadiyorning yashash xonadonidan oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda qumlarni yuvishga moʻljallangan moslama va 200 kg. ruda toshlari, Yu.Ruxsoraning yashash xonadonidan 600 kg., Gʻ.Shoxruzning yashash xonadonidan ruda toshlarini qazib olish uchun ishlatilgan 6 dona perforatorlar borligi aniqlandi.

    Yuqorida aniqlangan ruda toshlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, ekspertiza tekshiruviga yuborilgan.

    Holatlar yuzasidan Paxtachi tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati