Osiyo futbol konfederatsiyasi OChL-2021 guruh bosqich uchrashuvlari markazlashgan holda qaysi mamlakatlarda oʻtkazilishini maʼlum qildi.

“Gʻarb” mintaqasi guruh bosqich bahslari 14-30-aprel kunlari Saudiya Arabistoni, BAA va Hindistonda boʻlib oʻtadi.

“A”, “S” va “D” guruhi oʻyinlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod va Jidda shaharlarida oʻtkazilsa, “B” guruhi jamoalari BAAning Sharja shahrida, “E” guruhi hamoalari esa Hindistonning Gou shahrida oʻzaro bahslashadi.

Maʼlumki, “Paxtakor” “B” guruhdan joy olgan. Demak jamoa oʻz oʻyinlarini BAAda oʻtkazadi.

Yana bir klubimiz OKMK pley-off bahsida Qatarning “Al-Gʻarafa” klubi bilan uchrashadi. Agar gʻolib chiqsa, “A” guruhidan joy olib, Saudiya Arabistoniga boradi.