Abduvoxidov Xusan Boʻltakovich yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihada moliyaviy masalalar boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlab kelgan.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yildan buyon Paxtakor tumani hokimi boʻlib ishlab kelayotgan Ashurov Asilbek Raxmonovich Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.









