Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Toshkentning “Paxtakor” va Qarshining “Nasaf”  jamoalari oʻrtasidagi mamlakat superkubogi uchrashuvi joriy yilning 6-mart kuni Samarqandda oʻtkazlishini rasman tasdiqladi.

Unda mamlakat chempioni sifatida “Paxtakor” va vitse-chempion sifatida “Nasaf” klublari maydonga tushadi.

Mazkur oʻyinga Samarqandning tanlanishida bu shaharga yetib borish sharoiti har ikki klub muxlislari uchun nisbatan teng ekani inobatga olindi.

Reglament   boʻyicha mazkur bellashuvda “Paxtakor” futbol klubi rasmiy mezbon sifatida maydonga  tushadi.