Maʼlumotlarga koʻra, Davronbek Sattarov 1984-yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tugʻilgan. 2005-y. Andijon davlat tillar pedagogika institutini (kunduzgi), 2020-y. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasini (kunduzgi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.