Holat oʻtgan yilning 27 dekabr kuni Payariq tumanidagi tugʻruqxonada sodir boʻlgan. Chaqaloq topilgach, uning nafas olmayotgani va oʻlik holatda ekani aniqlangan, lekin u onasi tomonidan oʻldirilganmi yoki yoʻq, bu hali nomaʼlum.

IIBga koʻra, ayni paytda ish boʻyicha ekspertiza tayinlangan. Bolaning tirik tugʻilgani yoki homila nobud boʻlib, keyin tugʻilgani ekspertizadan soʻng maʼlum boʻladi.

“Ekspertiza xulosasi eʼlon qilinganidan keyin qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi”, dedi boshqarma matbuot xizmati vakili.