Ushbu 72 xonadondan iborat uy-joylar qurilishi “Azimxon texno stroy” X/K tomonidan amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi bayramida uy-joylarning topshirilishi xonadon egalariga qo'shaloq bayram sifatida nishonlandi.
Yangi uylarning ochilish marosimida tuman hokimi I.Jabborov, sektor rahbarlari, jamoatchilik va mahalla faollari ishtirok etishdi.
Dastlab, Isroil Jabborov barchani Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi va xonadon egalarini yangi uylar bilan samimiy tabrikladi. Tadbirda so‘zga chiqqan nuroniylar bugungi yangilanish va bo‘layotgan islohotlarni e'tirof etishdi.