Fuqaro I.X. internet tarmoqlaridagi oʻyinlar uchun hisob raqamiga pul oʻtkazish maqsadida, “Soy boʻyi” MFY hududidagi “Paynet” xizmati bilan shugʻullanib kelgan tadbirkor O.Yo.ga qalbaki 500 AQSH dollari va 500 ming soʻm pullarni berib ketgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqladi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.








