Pedagogik diagnostika bo'yicha o'quv qo'llanma chop etildi

    Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi olimlari poytaxtimiz va Navoiy shahri pedagogika OTMlari professor-oʻqituvchilari hamkorligida “Pedagogik diagnostika” nomli oʻquv qoʻllanma tayyorlandi.

    Nashr etilgan qoʻllanmada oʻquvchi yoshlarga taʼlim-tarbiya berish jarayonida pedagog diagnostik faoliyatining maqsadi, vazifalari, mazmuni, uni tashkil etishning umumiy va maxsus tamoyillari, metodlari, oʻquvchilarning yosh jihatlarini hisobga olgan holda ularda maʼnaviy-ahloqiy va ijtimoiy sifatlarning tarbiyalanganligi darajasini aniqlash yoʻllari va vositalari havola etilgan.

    Kitob 156 betdan iborat boʻlib, oʻz ichiga uchta bobni oladi. Bular — pedagogik diagnostikaning ilmiy-nazariy asoslari, taʼlim muassasasida oʻqituvchining diagnostik faoliyati, pedagogik diagnostika metodlaridir.