Kembridj tajribasi asosida trenerlar tayyorlash va maktab oʻqituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish koʻzda tutilayotgan ushbu kurslar Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida olib borilmoqda.
Trenerlarni tayyorlash kurslariga Toshkent shahridagi Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan xamda Xalq taʼlimi tizimi tashkilotlaridan jami 55 nafar professor-oʻqituvchilar jalb etilgan.
Mazkur tayyorlangan trenerlar yordamida oliy taʼlim muassasalari, xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi xududiy malaka oshirish markazlari professor-oʻqituvchilari va tajribali pedagoglardan iborat ming nafar xududiy trenerlar tayyorlanib, ular koʻmagida Toshkent shahar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatlarining maktab oʻqituvchilarini yangi metodikalarga oʻrgatish koʻzda tutilgan.