баннер
24 Mar 2025
13:03

    Pedagoglar uchun 4 ta hududga auditoriya koʻrinishida jihozlangan avtobuslar yuborildi

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan olis hududlardagi 4 ta hududga pedagoglar uchun mobil malaka oshirish avtobuslari yuborildi.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼlum qilishicha, mazkur mobil malaka oshirish xizmatlari respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun joriy etilgan.

    Tajriba-sinov tariqasida ushbu avtobuslar ayni vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlariga joʻnatilmoqda.

    Maʼlumotlarga koʻra, mobil malaka oshirish xizmatlari 4 ta auditoriya koʻrinishidagi qayta jihozlangan avtobuslar negizida tashkil etilgan boʻlib, avtobuslarning har biri 10 ta noutbuk, 1 dona interaktiv monitor, yozuv doskasi, WI FI router bilan qayta jihozlangan.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech