Avvalroq Sinxua agentligi qurbonlar soni 21 nafar ekani haqida xabar bergan edi. Yongʻin seshanba kuni Pekin vaqti bilan 12:57 da sodir boʻlgan. 40 daqiqadan soʻng yongʻin oʻchirildi, 71 bemor xavfsiz joyga olib oʻtildi.
Favqulodda vaziyatga aloqador 12 nafar masʼul shaxs, jumladan, shifoxona direktori hibsga olindi. Vakolatli davlat organlari hodisa sabablarini oʻrganmoqda, deb xabar beradi tass.ru.