баннер
21 Mar 2025
15:26

    Pekinda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

    Oʻzbekiston elchisi Farhod Arziyev Xitoy jamoat xavfsizligi vazirining oʻrinbosari – Davlat migratsiya xizmati rahbari Syuy Ganlu bilan uchrashdi.

    “Dunyo“ AAning xabar berishicha, muloqotda soʻnggi yillarda mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha maʼlumot berildi.

    Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida barcha sohalarda munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani, biznes va turizm aloqalari, taʼlim almashinuvlari tobora kengayib, fuqarolarimizning oʻzaro safarlari koʻpayib borayotgani qayd etildi.

    Migratsiya masalalari boʻyicha hamkorlikning muhim yoʻnalishlari xususida fikr almashildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech