Forumda O‘zbekiston tomonidan 37 ta, Xitoy tomonidan 110 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jami 250 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
Forum avvalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Chen Sze o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, tadbirning va Oliy darajadagi tashrifning ikki tomonlama aloqalar rivojidagi o‘rni haqida suhbat qurildi. Shuningdek, tomonlar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Forumni Tadbirni Xitoy Ta’lim vaziri o‘rinbosari Chen Sze, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov ochib berdilar. Tadbir yalpi majlis va 4 ta panel sessiyalardan tashkil topdi. Mazkur Forumda O‘zbekiston tomonidan 37 ta, Xitoy tomonidan 110 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jami 250 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.
Forum doirasida O‘zbekiston-Xitoy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan 4 ta yo‘nalishda – aniq fanlar, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, AKT, gumanitar fanlar, tibbiyot va farmatsevtikaga bag‘ishlangan panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 70 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, 5 ta oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur qo‘shma ta’lim dasturi asosida 300 dan ortiq talabalar Xitoyning ilg‘or universitetlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Forum doirasida 100 dan ortiq O‘zbekiston talabalari uchun grant dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Forumda O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari hamkorligi to‘g‘risida Pekin deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu Deklaratsiya doirasida Xitoy va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida institutsional platforma yaratish, Xitoy-Markaziy Osiyo ta’lim hamkorligi modelini shakllantirish, akademik almashinuv dasturlarini yanada rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Forum doirasida aniq fanlar, muhandislik, AKT, gumanitar fanlar, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida universitetlararo uchrashuvlar tashkil etildi va qator o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.