Pekinda qator karantin cheklovlari bekor qilindi

    Faqatgina shaharning ayrim hududlarida qatʼiy lokdaun saqlab qolingan

    Shanxay ortidan Pekin ham koronavirus cheklovlarining katta qismini bekor qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

    Hozirda shaharning katta qismida epidemiologik vaziyat barqarorlashgan. Faqatgina Fentay va Chanpin tumanlarida cheklovlar saqlanib qolgan.

    Koronavirus tarqalishi kuchayishi ortidan Pekinda 1-maydan karantin choralari kuchaytirildi. Xususan, ommaviy ovqatlanish joylari yopildi. Taʼlim muassasalari onlayn taʼlimga oʻtkazildi. Shaharning koʻplab tumanlarida xizmatchilar masofaviy ishlashga oʻtgandi. Koʻngilochar obyektlar faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan.

    Shanxay iyun oxirigacha lokdaunni bekor qilishi toʻgʻrisida xabar berilgandi.