баннер
31 Mar 2025
07:24

    Pensioner Oʻzbekistondan chiqib ketganda pensiya qanday toʻlanadi?

    Fuqaro Oʻzbekistonga qaytib kelgandan soʻng olinmay qolgan oylardagi pensiyasini 24 oyligini olish huquqiga ega.

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorijga chiqib ketgan pensionerlarimizning pensiyasi toʻxtatilar ekan. Hattoki yaqin insoni pensiyani ishonchnoma bilan ham olishi mumkin emas ekan” kabi mazmunda tarqatilgan xabarga Pensiya jamgʻarmasi aniqlik kiritdi.

    Qayd etilishicha, “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq, bugungi kunda:

    • pensioner Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida Oʻzbekistonga qaytib kelmaganida pensiyani toʻlash vaqtincha toʻxtatib turiladi.

    Bunda vaqtincha toʻxtatilgan pensiyani toʻlash pensioner Oʻzbekistonga qaytib kelgandan soʻng qayta tiklanadi.

    Eslatib oʻtamiz, fuqaro Oʻzbekistonga qaytib kelgandan soʻng olinmay qolgan oylardagi pensiyasini 24 oyligini olish huquqiga ega.

    Bunda pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchun toʻlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech