Aslida esa bu ikki soʻz ikki xil maʼnoni anglatadi.
Pensiya — bu uni olish huquqi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlarga va meʼyorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga toʻlish, nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul toʻlovi.
Pensiya miqdori fuqaroning ish staji va ish haqiga muvofiq tayinlanadi.
Nafaqa — “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlarga va meʼyorlarga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga nafaqa yoshiga toʻlishi, nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul toʻlovi.
Nafaqalar qonunchilikda belgilangan qatʼiy miqdorlarda toʻlanadi.