Pensiya va nafaqa oluvchi shaxslarga davlat pensiya ta'minoti sohasida axborotni olish mumkin bo'lgan maxsus «Pensiya» boti ishlab chiqildi.
Bot orqali pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar individual ravishda quyidagi ma'lumotlarni olishlari mumkin:
▪️ pensiya tayinlangani haqida ma'lumotlar;
▪️ pensiya to'lovi bo'yicha ma'lumot;
▪️ pensiya va nafaqa tayinlash uchun zarur hujjatlar.
SHuningdek, maxsus Telegram-bot orqali pensiya jamg'armasiga murojaat yo'llash imkoniyati ham yaratilgan. Bundan tashqari kelgusida shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobi xaqida ma'lumotlarini olish rejalashtirilgan.
Botdan to'liq foydalanish uchun faqatgina pensiya jamg'armasi ro'yhatida mavjud hamda «SMS-Pensiya» interaktiv xizmatiga ulangan fuqarolar foydalanishi mumkin. deb xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati .