Bunda, pensiya tayinlashda hisobga olingan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.
Bugungi kunda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta
hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yuborildi.
Eslatib oʻtamiz, pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarning Pensiya jamgʻarmasiga murojaat etish zaruriyati yoʻq.