Pensiya jamgʻarmasi pensiya va nafaqa oluvchilarga murojaat qildi

    Ijtimoiy hayot 29 Dekabr 2021 4458

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2753-son Qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalar toʻlovi har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, oyning 27 sanasiga qadar kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yigʻinlari va fuqarolarning yashash manziliga yetkazilmoqda.

    2021-yilning 31-dekabr va 2022-yilning 1-4-yanvar kunlari respublikamizda barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Pensiya jamgʻarmasi aholiga murojaat qildi.

    «Xalqimiz oʻrtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishini oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, Pensiya jamgʻarmasi va Xalq banki quyidagini maʼlum qiladi:

    - yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi hamda bank kartalariga yuklanishi 5-6-yanvar sanasidan boshlab belgilangan muddatlargacha toʻlanishi taʼminlanadi», deyiladi murojaatda.