Pensiya jamgʻarmasining “11-40”- ishonch telefoniga kun davomida 100 nafardan ortiq fuqarolar savol, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilishidan pensiya taʼminoti jamiyat uchun hamisha qiziqarli va dolzarrb sohalarning biri deb aytish mumkin.
Mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiyalogik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muxofaza qilish maqsadida karantin talablaridan kelib chiqqan holda, hozirda fuqarolar Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari, tuman va shahar boʻlimlariga tashrifidan koʻra, telefon orqali yoki elektron shaklda murojaat qilishlari maqsadga muvofiqdir.
Shu kunga qadar fuqarolardan elektron murojaatlar jamgʻarmaning elektron pochtasi- pension_uz@pfca.mf.uz orqali qabul qilinib kelinayotgan boʻlsa, endilikda murojaat qilishning yana-da qulay imkoni yaratildi. Yaʼni Jamgʻarmaning “telegram” kanali- t.me/PensionFundRUz ga aʼzo boʻlib, kanalning muhokama (Obsudit yoki Discuss) qismiga oʻtilib, guruh orqali savollarini yoʻllashlari mumkin. Har bir savolga mutahassislar tomonidan oʻz vaqtida, ish kunlari davomida javoblar berilishi Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tomonidan nazorat qilib boriladi.
Fuqarolar esa, savollarni yoʻllashda F.I.O, doimiy yashash manzil, aloqa uchun tel raqami, murojaatning qisqacha mazmuni yozilishi lozim.
Shuningdek, fuqarolarning yashash manzillari boʻyicha ham hududiy kanallar joriy qilingan boʻlib, ularga kelib tushayotgan savollarga ham mutaxassislar tomonidan javoblar berilmoqda.