Pensiya tizimi xususiy sektorga berilishi haqidagi xabarlar asossiz — Strategik islohotlar agentligi

    Pensiya tizimiga xususiy sektorni jalb qilish taklifi davlat ishtirokidagi pensiya fondini bekor qilishni nazarda tutmaydi.

    Strategik islohotlar agentligining xabar berishicha, ushbu masala xalqaro ekspertlar tomonidan pensiya tizimini isloh qilish yuzasidan taklif etilgan bir qator tavsiyalardan biri boʻlib, hozirda ushbu takliflar Strategik islohotlar agentligi va boshqa tegishli idoralar tomonidan oʻrganilmoqda.

    Shu bilan birga, pensiya tizimiga oid har qanday oʻzgarishlar xalqaro tajriba tahlili, shuningdek, aholi fikri va ehtiyojlarini chuqur oʻrganish asosida shakllantirib, barcha tashabbuslar jamiyatning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratiladi.