Hujjat «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi Qonunni «Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Loyihada pensioner vafot etgan oydagi pensiyasini qarindoshlariga toʻliq hajmda berish nazarda tutilmoqda. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq vafot etgan pensionerning qarindoshlariga u vafot etgan sanagacha boʻlgan kunlar uchun pensiya toʻlanadi.

Shuningdek loyihada “nogiron” tushunchasini “nogironligi boʻlgan shaxs” tushunchasiga oʻzgartirish taklif etilmoqda.

Oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan byudjetdan tashqari davlat Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ravishda yiliga 4,4 mlrd soʻm toʻlanishi kutilmoqda.

Loyiha qabul qilinishi bilan Vazirlar Mahkamasining 7.09.2011-yildagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritiladi.

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.